среда, 26 марта 2014 г.

VASIYATNOMAM...

Jonim menga qilib hiyonat
Azroilga ergashgan mahal
Bu dunyoda bo'lsam omonat
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Tavba qilmoqqa qolmay imkon
Onajonim bo'g'zi to'la qon
Kelganida qachonki shu on
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Onajon,kechiring,iltimos
Men bir badbaxt,men bir notavon.
Mendan hech ko'rmadingiz roxat
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Otamdan ham mehribonimsiz,
Eng go'zal mohitobonimsiz.
Siz mening Jannatim,
Qiblagohimsiz...
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Otajonim,qilingiz toqat,
Men nobakor o'g'il,
Behayo farzand...
Borligingiz o'zi katta baxt,
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Birodarim kechir oldindan
Tobutim gar yelkang og'ritsa
Masjid eshigiga yetmasdan
Duo qilgin,yig'lama faqat...

Janozamda emas to'yimda
Xizmat qilmoqchi eding do'stim.
Yurgin faqat Haqning yo'lida
Duo qilgin yig'lama faqat...

Inshaalloh Jannatda faqat
Volidamga qilurman hizmat.
Shu baxtga erishmog'imchun siz
Duo qiling yig'lamang faqat...

Muallif: Xurshidbek Tuychibekov

Комментариев нет:

Отправить комментарий