пятница, 21 марта 2014 г.

OTA-ONALAR QADRI

Ibtidosi bor narsaning
Intihosi bo'larkan.
Porlab turgan quyosh hatto
Zavol yetib so'narkan.

Bu sinovli dunyodagi
Eng katta boyligimiz
Dasta-dasta pul emas
Ota-ona bo'larkan.

Hayotning har zarbasiga
Dosh berolgan mardona
Farzandi dard cheksa zor-zor
Yig'larkan Ota-ona..

Yana ko'nglin og'ritsak
Kechiradi shu zahot
Ey voh,men ham farzandmanmi
Ulug' zotlarga nahot?

Kitoblarda o'qigandim
Alamli kun kelarkan
Farzand qiblagohlarisiz
Yetim bo'lib qolarkan.

Zor yig'larkan "rozi bo'ling.."
Debon osh-u tuziga
Ko'zga surtmak ilinjida
Talpinarkan iziga..

"Shu yer qiblagohim bosgan
Joymikan?" debon farzand
Ko'zga to'tiyo aylarkan
Topganda bo'lib hursand.

Niyatim hech biringiz
Yetim qolmangiz do'stlar
Ota-ona borligida
Bilinmaskan kam-ko'stlar.

O'lganida uch yuz kilo
Oshlarni bermang qo'ying
Tirigida ikkita patir
Bilan bir yo'qlab keling.

Xursand bo'lib duo qilar
"Jannatiy bo'lgin",debon
Shunda sizga yo'l ochilar
Chindan ham Firdavs tomon.

Robbim,senga hamd-u sano,
Rosulingga salovot.
Qiblagohlarimiz doim
Bo'lsinlar sog' salomat!

Muallif: Xurshidbek Tuychibekov

Комментариев нет:

Отправить комментарий