"Play Market"dan yuklangan dasturlarni Bluetooth orqali jo'natish
Android smartfonini sotib olganimga 2 oy bo'ldi chamasi. Play Marketdan olingan o'yin va dasturlarni bluetooth va wi-fi orqali jo'natib bo'lmasligi g'ashimga tekkandi. Bugun shuning yechimini topdim. Play Marketdan "Clean Master" dasturini ko'chirib olamiz. Dasturni ochib,asosiy oynadan "Менеджер Приложений" bo'limiga o'tamiz. Yangi oynada smartfoningizga o'rnatilgan barcha dasturlar ro'yxati chiqadi. Kerakli dasturni topib uni bosasiz. Shunda dasturning o'rnatilgan sanasi,uning hajmi va ushbu dastur bilan amalga oshirishingiz mumkin bo'lgan amallar ro'yxati ochiladi: "Резервное Копирование" va "Удалить". Siz birinchisini bosasiz. Qarabsizki,tanlagan dasturingizning "o'rnatiluvchi fayli" ("установочный файл") sdcard0/cleanmaster/backup papkasida saqlandi. Endi ushbu papkaga kirib bemalol dasturlarni bluetooth yoki wi-fi orqali jo'natishingiz mumkin.
Endi esa huddi shu dastur orqali bizga kerakmas bo'lgan,lekin o'chirib tashlab bo'lmaydigan dasturlarni o'chirishni ko'rib chiqamiz. "Clean Master" > "Менеджер приложений". Oynaning eng pastidagi "Предустановленные Приложения" bo'limiga kiramiz. Bu yerda Samsung kompaniyasi tomonidan o'rnatilgan dasturlar ro'yxati bor. Kerakli dasturni topib,uni bosamiz. Tanish menyu ochiladi. Huddi shu menyu orqali dasturni o'chirib tashlasak bo'ladi. Men birinchi navbatda "CHatON" dasturini o'chirdim. Maslaxat sifatida shuni aytishim mumkinki,dasturlarni o'chirishdan oldin "Резервное Копирование" bo'limi orqali dasturning o'rnatiluvchi faylini saqlab qo'ying. Yaqin kelajakda kerak bo'lib qolsa o'rnatib olishingiz uchun. E'tiboringiz uchun rahmat ;)
Muallif: Xurshidbek Tuychibekov (@alisher_navoiy)
Комментариев нет:
Отправить комментарий