среда, 26 марта 2014 г.

VASIYATNOMAM...

Jonim menga qilib hiyonat
Azroilga ergashgan mahal
Bu dunyoda bo'lsam omonat
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Tavba qilmoqqa qolmay imkon
Onajonim bo'g'zi to'la qon
Kelganida qachonki shu on
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Onajon,kechiring,iltimos
Men bir badbaxt,men bir notavon.
Mendan hech ko'rmadingiz roxat
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Otamdan ham mehribonimsiz,
Eng go'zal mohitobonimsiz.
Siz mening Jannatim,
Qiblagohimsiz...
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Otajonim,qilingiz toqat,
Men nobakor o'g'il,
Behayo farzand...
Borligingiz o'zi katta baxt,
Duo qiling,yig'lamang faqat...

Birodarim kechir oldindan
Tobutim gar yelkang og'ritsa
Masjid eshigiga yetmasdan
Duo qilgin,yig'lama faqat...

Janozamda emas to'yimda
Xizmat qilmoqchi eding do'stim.
Yurgin faqat Haqning yo'lida
Duo qilgin yig'lama faqat...

Inshaalloh Jannatda faqat
Volidamga qilurman hizmat.
Shu baxtga erishmog'imchun siz
Duo qiling yig'lamang faqat...

Muallif: Xurshidbek Tuychibekov

пятница, 21 марта 2014 г.

OTA-ONALAR QADRI

Ibtidosi bor narsaning
Intihosi bo'larkan.
Porlab turgan quyosh hatto
Zavol yetib so'narkan.

Bu sinovli dunyodagi
Eng katta boyligimiz
Dasta-dasta pul emas
Ota-ona bo'larkan.

Hayotning har zarbasiga
Dosh berolgan mardona
Farzandi dard cheksa zor-zor
Yig'larkan Ota-ona..

Yana ko'nglin og'ritsak
Kechiradi shu zahot
Ey voh,men ham farzandmanmi
Ulug' zotlarga nahot?

Kitoblarda o'qigandim
Alamli kun kelarkan
Farzand qiblagohlarisiz
Yetim bo'lib qolarkan.

Zor yig'larkan "rozi bo'ling.."
Debon osh-u tuziga
Ko'zga surtmak ilinjida
Talpinarkan iziga..

"Shu yer qiblagohim bosgan
Joymikan?" debon farzand
Ko'zga to'tiyo aylarkan
Topganda bo'lib hursand.

Niyatim hech biringiz
Yetim qolmangiz do'stlar
Ota-ona borligida
Bilinmaskan kam-ko'stlar.

O'lganida uch yuz kilo
Oshlarni bermang qo'ying
Tirigida ikkita patir
Bilan bir yo'qlab keling.

Xursand bo'lib duo qilar
"Jannatiy bo'lgin",debon
Shunda sizga yo'l ochilar
Chindan ham Firdavs tomon.

Robbim,senga hamd-u sano,
Rosulingga salovot.
Qiblagohlarimiz doim
Bo'lsinlar sog' salomat!

Muallif: Xurshidbek Tuychibekov

среда, 19 марта 2014 г.

PLAY MARKET

"Play Market"dan yuklangan dasturlarni Bluetooth orqali jo'natish

Android smartfonini sotib olganimga 2 oy bo'ldi chamasi. Play Marketdan olingan o'yin va dasturlarni bluetooth va wi-fi orqali jo'natib bo'lmasligi g'ashimga tekkandi. Bugun shuning yechimini topdim. Play Marketdan "Clean Master" dasturini ko'chirib olamiz. Dasturni ochib,asosiy oynadan "Менеджер Приложений" bo'limiga o'tamiz. Yangi oynada smartfoningizga o'rnatilgan barcha dasturlar ro'yxati chiqadi. Kerakli dasturni topib uni bosasiz. Shunda dasturning o'rnatilgan sanasi,uning hajmi va ushbu dastur bilan amalga oshirishingiz mumkin bo'lgan amallar ro'yxati ochiladi: "Резервное Копирование" va "Удалить". Siz birinchisini bosasiz. Qarabsizki,tanlagan dasturingizning "o'rnatiluvchi fayli" ("установочный файл") sdcard0/cleanmaster/backup papkasida saqlandi. Endi ushbu papkaga kirib bemalol dasturlarni bluetooth yoki wi-fi orqali jo'natishingiz mumkin.
Endi esa huddi shu dastur orqali bizga kerakmas bo'lgan,lekin o'chirib tashlab bo'lmaydigan dasturlarni o'chirishni ko'rib chiqamiz. "Clean Master" > "Менеджер приложений". Oynaning eng pastidagi "Предустановленные Приложения" bo'limiga kiramiz. Bu yerda Samsung kompaniyasi tomonidan o'rnatilgan dasturlar ro'yxati bor. Kerakli dasturni topib,uni bosamiz. Tanish menyu ochiladi. Huddi shu menyu orqali dasturni o'chirib tashlasak bo'ladi. Men birinchi navbatda "CHatON" dasturini o'chirdim. Maslaxat sifatida shuni aytishim mumkinki,dasturlarni o'chirishdan oldin "Резервное Копирование" bo'limi orqali dasturning o'rnatiluvchi faylini saqlab qo'ying. Yaqin kelajakda kerak bo'lib qolsa o'rnatib olishingiz uchun. E'tiboringiz uchun rahmat ;)
Muallif: Xurshidbek Tuychibekov (@alisher_navoiy)

воскресенье, 16 марта 2014 г.

SUQROTNING DONO FIKRLARI

Mashhur yunon faylasufi Suqrot Attika shahrida haykaltarosh Sofroniks va doya Fenaretta oilasida dunyoga keldi. U juda ko‘rimsiz qiyofaga ega bo‘lgan. Past bo‘yli, qorni osilgan, kalta bo‘yinli, keng va do‘ng peshonali, yapaloq, tanqaygan burunining teshiklari katta, lablari do‘rdoq Suqrotning ukki ko‘zlari kishiga zimdan boqishga moyil edi. U doim eski liboslarda, yalangoyoq yurgan. Ayollar borasida ham Suqrotning omadi yurishmagan. Garchi ikki marta uylangan bo‘lsa-da, oilaviy baxtga erisholmagan. Suqrot asosiy vaqtini munozara va bahslarda o‘tkazgan. Bahslarda doim uning qo‘li baland kelgan. Shuning uchun ko‘pincha uning sochidan tortib kaltaklashgan, ustidan kulib, haqoratlashgan. Suqrot hammasiga dosh bergan. Hatto bir kuni tepki yeganda ham chidab turavergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday degan: «Eshak tepsa, uni sudga berolmayman-ku!» Suqrot mohir raqqos bo‘lgan va bunday mashqni jismning salomatligi uchun foydali deb bilgan. U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech qanday yozma manba qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: «Ey ustoz, nima sababdan dono fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?» — deb so‘raganda, Suqrot: «Ey Timey, o‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, barhayot fikrlarga ishonchsizliging juda mustahkam ekan», — deb javob bergan. 399 yil Suqrot bir yurtdoshining fitnasi tufayli fuqarolik me’yorlarini buzganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. Sudda Suqrotning og‘zidan chiqqan so‘nggi so‘zlar shunday bo‘lgan: «Menga o‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yerni tark etish fursati yetdi. Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan o‘zga hech kimga ayon emas». Sudda 220 nafar odam Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar kishi esa unga qarshi ovoz bergan. O’sha davrdagi qoidaga ko‘ra, o‘limga mahkum etilganlarga belgilangan vaqtda zaharli tsikuta (zaharli suv o‘simligi, bodiyoni rumi, zangpoya deb ham ataladi) o‘simligini ezib ichirishgan. ... Suqrot ruhining eson-omon boqiy dunyoga rixlat etishini Tangridan fikran so‘rab, xotirjamlik va osonlik bilan zahar to‘ldirilgan idishni bo‘shatadi. Tegrasidagi do‘stlari yig‘lab yuborishadi. Faylasuf ularni tinchlantirib, sukunatda hayot bilan vidolashishi kerakligini uqtiradi. U bir oz yurib, oyoqlari og‘irlashgach, turma burchagidagi yog‘och chorpoyaga cho‘ziladi. Keyin: «Kriton, biz Asklepiydan xo‘roz qarzmiz. Xo‘rozni qaytaring, yodingizdan chiqmasin», — deydi shogirdiga. Bu Suqrotning so‘nggi so‘zlari edi. Qadimgi yunonlar odatiga ko‘ra, bemorlarning tuzalishi uchun Apollonning o‘g‘li, tabiblar Tangrisi Asklepiyga xo‘roz so‘yib, qurbonlik qilingan. Suqrot o‘z ruhini poklash va xasta jismdan xalos bo‘lishni nazarda tutib, shogirdiga yuqoridagi vasiyatni aytgan. Suqrotni butun umri davomida Ovidiyning «Evrilish» asarida tilga olingan inson xulq-atvoridagi bir noqislik bezovta qilgan. Ovidiy shunday yozgandi: «Ezgulikka duch kelsam, maqtayman-u, ammo yomonlikning ta’siriga berilaman».

* * *

Suqrot oila haqidagi qarashlarini mana bu hikmatga jo etgandi: «Uylanasanmi, uylanmaysanmi — baribir pushaymon yeysan».

* * *

«Navqironlik chog‘larimda tabiatni kuzatish mening eng sevimli mashg‘ulotim edi, — deydi Suqrot. — Har bir hodisa meni ajablantirar, hayratga solardi: tug‘ilish, o‘lish, mavjudlikning boisi ne?.. Men olamning bir burchidan kirib, ikkinchi bir burchidan chiqarkanman, o‘zimga o‘zim birinchi navbatda shunday savollar berardim: «Tirik mavjudotlar, ba’zi odamlar o‘ylaganidek, issiqlik va sovuqlikning bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, chirish jarayoni yuzaga kelishi oqibatida paydo bo‘lmasmikan? Inson qay tarzda fikr yuritadi? Qon yordamidami, havo yoki olov vositasidami?» Bundan tashqari, o‘zimning bu taxlit tadqiqotlarga yaroqsiz ekanimni anglash uchun butun borliq, fazo va Yerdagi o‘zgarishlar haqida tinimsiz o‘y suraverardim».

* * *

Suqrotning ba’zi harakatlari atrofdagilarni hayratga solgan. Bir kuni u ko‘chada o‘spirin Ksenofantga duch kelib qoldi. Yigitchadagi botiniy iste’dodni ilg‘agan faylasuf qo‘lidagi hassasi bilan uning yo‘lini to‘sdi.
— Menga ayt-chi, — so‘radi Suqrot, — unni qaerdan sotib oladilar?
— Bozordan, — javob berdi Ksenofant.
— Yog‘ni-chi?
— Uni ham bozordan xarid qiladilar.
— Donishmandlik va ezgulik istab qaerga boradilar?
Ksenofant o‘ylanib qoldi.
— Ortimdan yur, men seni o‘sha yerga olib boraman, — dedi Suqrot shunda. ... Shu tariqa Ksenofant Suqrotning bir umrlik yo‘ldoshi va hamsuhbati bo‘lib qoldi. U Suqrotning o‘limidan so‘ng Aflotun kabi yangi avlodlarga ustozi haqidagi xotiralarini esdalik qilib qoldirdi.

* * *

Bir kuni Alkiviad Suqrotga uy qurish uchun yer maydoni in’om etish niyatida ekanligini aytdi. Suqrot unga javoban shunday dedi: «Aytaylik, menga bor-yo‘g‘i bittagina shippak kerak bo‘lsa-yu, sen menga butun boshli bir buqaning terisini in’om etsang, hammaga kulgu bo‘lib qolmaymanmi?»

* * *

Kunlardan bir kun Suqrotning rafiqasi Ksantippa avvaliga erini obdan koyib, so‘ng ustidan suv quyib yubordi. «Aytgandim-a, — deya g‘o‘ldiradi sho‘rlik faylasuf, — Ksantippa avvaliga momaqaldiroq bo‘lib gumburlaydi-da, so‘ng yomg‘ir bo‘lib savalaydi». Buni ko‘rgan Alkiviad Ksantippaning janjaliga dosh berib bo‘lmasligini e’tirof etadi. Suqrot Alkiviadga:
— Men bu janjallarga g‘ildirakning to‘xtovsiz g‘irchillashi kabi ko‘nikib ketganman. Masalan, sen g‘ozlarning g‘ag‘illashiga toqat qilasan-ku!
— Shundayku-ya, lekin buning evaziga men g‘ozlardan tuxum va go‘sht olaman, — deydi faylasufga javoban Alkiviad.
— Ksantippa esa menga farzand tug‘ib beradi, — deydi Suqrot.

* * *

Janjalkash rafiqam men uchun go‘yo chavandozning asov oti kabidir. Asov otni bo‘ysundirolgan chavandoz har qanday tulporni bemalol minolganidek, men ham Ksantippa bilan murosa qilish vositasida o‘zga kishilar bilan osongina muomalada bo‘la olaman.

* * *

Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o‘zlarining toshga o‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar.

* * *

Saltanat hassasini qo‘lida tutgan har qanday kishi ham hukmdor bo‘lavermaydi. Shuningdek, e’tiborli amaldorlar tomonidan saylangan, qur’a tashlab yoki zo‘ravonlik, yoinki aldov yo‘li bilan davlat tepasiga kelib qolgan kimsa ham haqiqiy hukmdor bo‘lolmagay, faqatgina saltanatni boshqarish uquvi bo‘lgan zotlargina podshohlik va hukmdorlikka loyiqdirlar».

* * *

Suqrot faylasuflarga ta’rif berar ekan: «Faylasuf donishmand hamda johil oralig‘idagi mavqeni egallaydi», — deydi.

* * *

Men bu odamdan ko‘ra donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi bir joiz va zarur narsalarni bilmasak-da, u manmanlik qiladi, men esa manmanlikdan o‘zimni tiyaman.

* * *

Adolat va ezgulikdan ayri tushgan har qanday bilim dog‘ulilikka aylanadi. Uni donolik, deb atash nojoizdir, — deydi Suqrot.

* * *

O’zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi.

* * *

Pul ezgulikni tug‘dirmaydi, aksincha, ezgulik tufayli odamlar shaxsiy hayotda ham, jamiyatda ham pul va boshqa boyliklarga ega bo‘ladilar.

* * *
Rivoyat qiladilarkim, Apollodor Suqrotga o‘limi oldidan qimmatbaho libos kiyishni taklif etadi.
— Nega? — deydi Suqrot Apollodorga javoban. — Bundan chiqdi egnimdagi faqirona libosim tirigimga yaroqligu, o‘ligimga yaroqsiz ekan-da?!

* * *

— Suqrot, afinaliklar seni o‘limga hukm etdilar, — dedilar faylasufga. Suqrot xotirjamlik bilan dedi:
— Ularni esa tabiat o‘limga mahkum etdi.

* * *

Sud chog‘ida Suqrotga so‘z berildi. Suqrot nutqida o‘zini so‘naga, afinaliklarni esa katta, olijanob, ammo semiz va yalqov otga mengzaydi. «Bunday otlarni birorta so‘na chaqib, choptirib turishi lozim, — deydi u va bu o‘xshatishni shunday yakunlaydi:
— Fikrimcha, Tangri meni kun bo‘yi butun shaharni kezib, har biringizni uyg‘otish va tinmay tanbeh berib, to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun yuborgan. So‘zlarimga ishoning, afinaliklar. Men kabilarni topish sizlarga oson bo‘lmaydi. Menga ishonsangiz, hayotimni saqlab qolasiz. Biroq siz so‘na chaqib tuyqusdan uyqudan uyg‘ongan va g‘azabga mingan odamlar kabi meni osonlik bilan urib o‘ldirishingiz ham mumkin. U holda Tangri yana kimnidir yo‘llagunga qadar qolgan umringizni g‘aflatda o‘tkazasiz».

* * *

«Qanday odamni baxtli sanamoq mumkin?» — degan savolga Suqrot shunday javob berdi:
— O’tkir aql va teran, halol fikrlar egasi baxtiyordir.

* * *

Yoshlarga ko‘zguga ko‘proq boqishlarini maslahat beraman, — deydi Suqrot, — toki ularning xushsuratlari o‘z husnlarini sharmanda etmasinlar, badbasharalari esa xunukliklarini odoblari bilan bezasinlar.

* * *

O’z darajasiga yetolmaslik — johillikdan o‘zga narsa emas. O’z darajasidan oshmoqlik esa donolikning o‘zginasidir.

суббота, 15 марта 2014 г.

Поиск информации в Google: ТОП-19 способов, которых не знают пользователи

Существуют хитрые способы
поиска информации в Google,
незнакомые пользователям.
О девяти способах поиска
информации в Google не знают
96% пользователей:
1. Как найти точную фразу или
форму слова
С помощью оператора » «.
Заключите фразу или слово в
кавычки, и Google будет искать
веб-страницы, где есть ровно
такая фраза (форма слова).
Пример:
["я к вам пишу"]
2. Как найти цитату, в которой
пропущено слово
Забыли слово в цитате?
Возьмите всю цитату в кавычки,
а вместо пропущенного слова
поставьте звездочку *. Цитата
найдется вместе с забытым
словом.
Пример:
["ночь улица * аптека"]
3. Как найти любые из
нескольких слов
Просто перечислите все
подходящие варианты через
вертикальный слеш: |. Google
будет искать документы с
любым из этих слов.
Пример:
[ананасы | рябчики |
шампанское]
[дачные участки (рублевское |
киевское | минское) шоссе]
4. Как найти слова в пределах
одного предложения
Используйте оператор с
красивым именем «амперсанд»
— &. Если соединить слова
амперсандом, Google найдет
документы, где эти слова стоят в
одном предложении.
Пример:
[памятник Пушкину & Псков]
5. Как найти документ,
содержащий определённое
слово
Поставьте перед нужным
словом плюс, не отделяя его от
слова пробелом. В запрос
можно включить несколько
обязательных слов.
Пример:
[Памятник Шолохову +бульвар]
6. Как исключить слово из
поиска
Поставьте минус перед словом,
которое вы не хотите видеть в
ответах. Так можно исключить
даже несколько слов:
Пример:
[мумий тролль мультфильм -рок
-лагутенко]
[схемы вязания спицами -
купить]
7. Как искать на определенном
сайте
Для этого подойдет оператор
site. Он позволяет прямо в
запросе указать сайт, на
котором нужно искать. Только
обязательно поставьте после
site двоеточие.
Пример:
[конституция рф site:consultant
(точка)ru]
[маяковский окна site:lib(точка)
ru]
8. Как искать документы
определенного типа
Вам нужен оператор mime.
Поставьте в запросе mime,
двоеточие и затем тип
документа, который вам нужен.
Например, pdf или doc.
Пример:
[заявление на загранпаспорт
mime:pdf]
9. Как искать на сайтах на
определенном языке
С помощью оператора lang.
После lang нужно поставить
двоеточие и написать, на каком
языке вам нужны документы.
Если это русский язык, то нужно
указать ru, если украинский —
uk. Белорусский язык
обозначается как be, английский
— en, французский — fr.
Пример:
[void glClearColor lang:ru]
——————–
Руслана Коваль: Есть еще 10
хитрых способов
10. Поиск по синонимам.
Символ ~ для поиска слов
схожих к выбранному.
Пример:
["~лучшие фильмы -лучшие"]
Увидите все ссылки на страницы
с синонимами к слову лучшие,
но ни одна из них не будет
содержать это слово.
11. Значение слова.
Введите в поисковую строку
«define:кильт» и узнаете
значение этого слова.
12. Обратные ссылки.
«links:pdd.ru» и вы узнаете
расположение ссылок на этот
сайт.
13. Конвертер величин.
Введите в строку поиска «1 кг в
фунтах» поисковик выдаст сразу
результат.
14. Узнать курс валют.
Введите запрос «1 гривня в
рублях»
15. Время по городу.
Введите «time Киев» или «время
Киев» – в первой строке будет
точное время этого города.
16. Калькулятор.
Достаточно вбить пример в
строку поиска и нажать поиск –
Гугл выдаст результат
уравнения.
17. Поиск кешированной
страницы. У Гугл есть свои
сервера, где он хранит
кешированные страницы. Если
нужна именно такая: «cashed:»
18. Прогноз погоды по городу.
В строке поиска используем
оператор «weather город». И
узнаете прогноз на несколько
дней.
19. Переводчик.
Можно переводить слова не
отходя от поисковика. «translate
слово into язык».

четверг, 13 марта 2014 г.

O'LSAM,JANOZAMNI BULBUL O'QISIN...

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan norozilar fikridan qaytsin.

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Aytolmay qolganim desin Ollohga,
Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin,
Bilmagan bilganim desin Ollohga.

O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving,
Toki, kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.

O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling,
Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling,
Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda…

O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga,
Toki, soyasida tilovat o‘qing.
Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga,
Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing.

Kichkina yasating qabrtoshimni,
Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib,
Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni,
Men safarga ketdim chorig‘im kiyib.

O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga,
To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating,
Sog‘inib kelsangiz "Ixlos"ni o‘qing,
Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin.

O‘ng tarafdan keling, oyoq tarafdan,
Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim,
O‘lim haq ekanin olasizda tan,
Quvonay, keldi, deb o‘g‘il-qizlarim.

O‘lsam yo‘qlab turing. Biling, kutaman,
Chunki, siz deb o‘tdim o‘zimdan kechib,
Yo‘qlamay qo‘ysangiz, zardob yutaman,
Yotaman go‘rda ham ko‘z yoshim ichib,

O‘lsam, umrim sharhin nabiralarga,
Yashirmay, o‘chirmay borini so‘zlang.
Intiq kutganimni ularni hamda,
Yonib o‘tgan ko‘nglim zorini so‘zlang.

O‘lsam, she’rlarimni avaylab asrang,
Imkonin topib topshiring elga.
Bilaman, el o‘qir sog‘inib, sevib,
O‘tar yozganlarim qo‘llardan qo‘lga.

O‘lsam, ahil bo‘ling, mexribon bo‘ling,
Imkonin topsangiz to‘lang qarzimni,
Duosini oling men sevgan elni,
Meros qoldiraman sizga sabrimni.

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin…

DONISHMAND TABIB

DONISHMAND TABIB

Alqissa juda qadim,
Jaholatli zamonda,
Bir donishmand, ulug' hakim,
O'tgan ekan jahonda.

U kun bo'yi giyoh terib,
Kezib bog'u biyobon,
Odamlarga shifo berib,
Yashar ekan shodumon.

Unga ming bir mushkul dardning,
Ayon bo'lib shifosi,
Odamlarning bora-bora
Ortaverdi ixlosi.

Tabobatga qalban, ruhan,
Fido qilib o'zini,
Oxir bir kun nashtar bilan
Ochdi ko'rning ko'zini.

Rivoj topmish sohib xislat,
Donishmandga madadkor,
Lekin qayda bo'lsa shuhrat,
Yonboshida hasad bor.

Davoxonlar, parixonlar,
O'quvchilar chilyosin,
Xullas yurtda bor nodonlar,
Boshladilar ig'vosin.

"Bandasiga bermoq doru,
Yaratganga isyondir
Demak tabib ishi makr-u,
O'zi esa shaytondir".

Bu so'zlarni chin deb bildi
Nodon, johil olomon,
Donishmandni sazo qildi,
Kaltakladi beomon.

Cho'g‘ temirda ko'ksin dog'lab,
Dorga osmoq bo'ldilar,
So'ng bo'yniga xarsang bog'lab,
Suvga bosmoq bo'ldilar.

So'ng suvni ham, xarsangni ham
Xayf bilib "shayton" ga,
"Yoqing" - dedi eng bosh hakam,
-"Olib chiqib maydonga"

Keng maydonga ustun ko'mib,
Bog'ladilar hakimni.
So'ng temirni o'tga qo'yib,
Dog'ladilar hakimni.

Buyurdilar: "Yoqing shitob,
Azroilning oshnasin"
Dedi : "kimga kerak savob,
Cho'p keltirib tashlasin"

"Savob" uchun kimdir o'tin,
Kimdir tashlar dona xas.
Hakim boshin mag'rur tutib,
Johil elga qaramas.

Shu payt tabib sari bir chol,
Asta kela boshladi,
Quchog'ida bir bog' poxol,
G'aram uzra tashladi.

Dedi: "Asl tug'ilganda,
Basir edim men o'zi,
Sen duoning kuchi birla
Ochib qo'yding ko'r ko'zim.

Tangri bilib yaratgan ko'r,
Davo qilding ne uchun?
So'roqda men manglayi sho'r,
Nima deyman Mahshar kun.

Haq yo'lidan ozgan odam,
Davo qilib ne berding,
Meni bir yo'la u dunyo ham,
Bu dunyomdan ayirding.

Ko'rligimda bu dunyoni
Tasavvurda ko'rardim.
Dunyodagi bor odamni
Mushfiq bilib yurardim.

Shafqat ila kim nonu, kim
Chaqa tashlab ketardi,
Men ham shunga to'ygan edim,
Shu ham menga yetardi.

Qornim to'ysa saodatim,
Yo'q tuman xil tilaklar,
Ham ulfatim, hamsuhbatim,
Jajji shirin go'daklar.

O'ylar edim dunyoda bor
Musaffolik, soddalik,
Ko'zim ochib ilk bor ko'rdim,
Berahmlik, soxtalik.

O'g'irligu, fahshni ko`rib,
Jim yurarkan odamlar.
O'z do'stiga kulib turib,
Tig' urarkan odamlar.

Bir yonga boq: Ayshu-ishrat.
Bir yonga boq: Ohu-voh,
Bu kun mening ko'nglimda g'ash,
Imonimda ishtiboh.

Derdim, yurtni bir bor ko'rsam,
Ko'rdim: ko'nglim to'q endi,
Yo'lda yotgan ko'rchalik ham,
E'tiborim yo'q endi.

Ado bo'ldim, to'yib ketdim,
Ado bo'lsam mayliga,
Yo qaytadan o`sha g'arib,
Gado bo'lsam mayliga.
Ko'r bo'lsam ham mayliga...

Bu so'zlarni eshitdi-yu,
Faryod urdi donishmand,
"Yoqing"- deya so'radi u,
"Olov bo'lsin sarbaland.

To'yib ketdim bu dunyodan,
Hech toqatim qolmadi,
Mendan shifo oldi olam,
Odam shifo olmadi.

Jaholatning zahri tekkan
Nodon, johil, gumrohlar,
Davosiga ojiz ekan,
Men kashf etgan giyohlar.

Ko'r ko'zlarga nur bahsh etdi,
Men kashf etgan giyohlar,
Qalb ko`zini ochmoqqa lek
Kamlik qildi hunarim.

Odamlarga men yaxshilik,
Qilmoq bo'ldim, netayin?
Manglayda shu ekan bitik,
Yoqing kuyib ketayin."

O't yoqdilar yondi gulxan,
Qaro bo'ldi samovot,
Jaholatning hukmi bilan
Ado bo'ldi buyuk zot.

Gulhan yondi ko'kka o'ralib,
Cho'gi har yon sochildi,
Shu olovdan elning, ajab,
Aql ko'zi ochildi.

Yigladilar aza tutib,
O'kindilar, kuydilar,
Yillar o'tib donishmandga
Oltin haykal qo'ydilar.

E, voh, hakim ko'zi bilan
Ko'rsaydi bu hurmatni,
Lekin olim o'zi bilan
Olib ketdi hikmatni...

Qo'y, ey, ko'nglim, sen bu qadar
Dahshatni kam o'ylagin,
Senga nasib bo'lgan davron,
Sozin chalib kuylagin.

Shukronalik, mayni ichib,
Yayrab qolgin har nafas,
Bu dunyodan bir kun kechib,
Ketguvchi bir biz emas.

Qo'y, ey, ko'nglim, Haq muhabbat,
She'r zavqiga qo'naylik.
O'tda yonish bo'lsa mayli,
She'r o'tida yonaylik.

Faqat bizga g'am u qadar,
Qayg'u hasrat yot bo'lsin,
To biz uchun jon berganlar,
Ruhi doim shod bo'lsin!

Erkin Vohidov